2025 yil yakunlari böyiça Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 82,2 mlrd dollarga yetdi. Bu – Markaziy bank hisobotida keltirilgan.

Umumiy taşqi qarz bir yil içida 18,1 mlrd dollarga köpaygan. Taşqi qarzlarning 40,5 mlrd dollari – davlat qarzi, 41,7 mlrd dollari – korporativ taşqi qarzlardan iborat.

«Korporativ taşqi qarz tarkibida töğridan töğri investitsiya kiritgan xorijiy investorlardan jalb qilingan qarz mablağlari qoldiği 6,5 mlrd dollarni, xalqaro obligatsiyalar joylaştiriş orqali jalb qilingan mablağlar qoldiği esa 7,3 mlrd dollarni taşkil etdi. Qolgan qismi esa xususiy sektor, jumladan, xöjalik sub’yektlari va banklar tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş, aylanma mablağlarni töldiriş va biznes faoliyatini kengaytiriş maqsadlarida davlat kafolatisiz jalb qilingan kredit va qarzlar hisobiga şakllandi», deyiladi MB şarhida.

Taşqi qarz miqdori qanday özgaryapti?

2025 yilda Özbekiston tarixida eng yuqori taşqi qarz ösişi qayd etildi – 18,1 mlrd dollar. Statistik ma’lumotlar yuritila boşlaganidan beri taşqi qarzning eng yuqori ösişi pandemiya davridagi 2020 yilda (9,2 mlrd dollar), 2023 yilda (9,8 mlrd dollar) hamda 2024 yilda (10,8 mlrd dollar) kuzatildi. Qonun bilan tartibga soliş mexanizmlarining joriy qilinişi davlat taşqi qarzining oşişini nisbatan mö’tadillaştirdi. Masalan, davlat taşqi qarzining ösişi 2020 yilda 5,5 mlrd, 2021 yilda 2,3 mlrd, 2022 yilda 2,1 mlrd, 2023 yilda 3,9 mlrd, 2024 yilda 4,2 mlrd, 2025 yilda esa 6,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu davrda umumiy ösiş qariyb 90 foiz böldi. Korporativ qarz miqdorida esa keskin ösiş kuzatilyapti. Xususan, 2020-2025 yillar oraliğida bu körsatkiç 3,3 barobarga yoki 12,5 mlrd dollardan 41,7 mlrd dollargaça oşdi.

Joriy operatsiyalar hisobi

2025 yilda joriy operatsiyalar hisobi taqçilligi YaIMga nisbatan 3,9 foizni (5,8 mlrd dollar) taşkil etib, 2024 yildagi 4,7 foizga (5,7 mlrd dollar) nisbatan 0,8 foiz bandga qisqardi. Hisobot davrida eksportning importga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda ösişi kuzatilgan bölsa-da, import hajmining eksportga nisbatan katta bölgani sabab tovar va xizmatlar savdosi balansi manfiy şakllanib, 19,9 mlrd dollarni taşkil etdi.

Ikkilamçi daromadlar böyiça joriy transfertlarning sof hajmi sezilarli darajada oşişi natijasida mazkur komponent 13,7 mlrd dollar miqdorida ijobiy saldo bilan şakllanib, birlamçi daromadlar böyiça sof tuşumlar (371,4 mln dollar) bilan birgalikda savdo balansidagi manfiy saldoni qisman qopladi.