Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi sanalari ma’lum qilindi
Joriy o‘quv yilida asosiy olimpiadaning ikkinchi - tuman (shahar) bosqichi 14-23 oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
Olimpiadada maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etadi.
Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan bosqichlar quyidagicha belgilangan:
- 14 oktyabr – Matematika;
- 15 oktyabr – Kimyo;
- 16 oktyabr – Fizika;
- 17 oktyabr – Informatika va AT;
- 18 oktyabr – Biologiya;
- 20 oktyabr – Tarix, Geografiya;
- 21 oktyabr – Rus tili va adabiyoti, Davlat va huquq asoslari;
- 22 oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili;
- 23 oktyabr – Ona tili va adabiyot, O‘zbek (Davlat) tili, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti.
Olimpiadalar har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich 1 turda, test shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Har bir fan bo‘yicha eng yuqori natijani ko‘rsatgan 3 nafar o‘quvchi keyingi bosqichga yo‘llanadi. Natijalar esa o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta topshirish imkoniyati berilmaydi.
Mavzuga oid
20:14 / 16.12.2025
Toshkentda 75 tadan maktab va bog‘cha yetishmayapti
08:42 / 08.12.2025
Sinfni o‘zgartirish: ota-onalar qanday tartibda murojaat qiladi?
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
12:24 / 19.11.2025