O‘zbekiston | 07:58 / 16.03.2021
24531
3 daqiqa o‘qiladi

DXX harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar ishga taklif qilinmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda boshqa xodimlar ishga taklif qilinadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, harbiy-akademik litseyga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog xodimlar ishga taklif etiladi.

DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 3A-uy.

DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlash istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Litseyga qabul qilingan pedagog va boshqa xodimlarga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.

“Temurbeklar maktabi” xodimlarining bazaviy tarif stavkalari: o‘qituvchilar uchun - 5 barobar; to‘garak rahbarlari uchun - 3 barobar.

DXX “Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagog va to‘garak rahbarlari ishga taklif etiladi:

Pedagog xodimlar:

  • ona tili va adabiyot;
  • tarix;
  • psixologiya;
  • matematika;
  • jismoniy tarbiya;
  • fizika;
  • kimyo;
  • geografiya;
  • biologiya;
  • huquqshunoslik;
  • fors tili;
  • urdu tili;
  • doriy tili;
  • turk tili;
  • rus tili;
  • nemis tili:
  • xitoy tili;
  • arab tili;
  • fransuz tili;
  • ingliz tili;
  • chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik;
  • informatika va axborot texnologiyalari;
  • avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash.

Ma'lumot uchun: professor-o‘qituvchilarga o‘rindoshlik asosida ishlashlari uchun sharoitlar yaratib beriladi.

To‘garak rahbarlari:

  • robototexnika;  
  • notiqlik san'ati;
  • qo‘l jangi;  
  • radioaloqa texnologiyalari;
  • informatsion texnologiyalar.

Shu bilan birga, quyidagi lavozimlarga ishga taklif etiladi:

  • axborot resurs markazi boshlig‘i; 
  • hamshira;
  • psixolog;  
  • avtobus haydovchisi;
  • aloqa bo‘yicha texnik;  
  • qozonxona operatori;
  • dasturlovchi texnik;
  • chilangar;
  • kutubxonachi;
  • duradgor;
  • bog‘bon;
  • hudud farroshi;
  • elektromontyor.

Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar 2021 yilning 15 mart kunidan 15 aprel kuniga qadar 95-478-77-05, 99-817-29-85 telefon raqamlariga murojaat qilishlari hamda o‘zlari haqida ma'lumotlarni (pasport, obektiv ma'lumotnoma) [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid