Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan Navoiy, Toşkent va Andijon viloyatlari kesimida ötkazilgan tezkor tadbirda bir neçta şaxslar iştirokidagi jinoiy sxemaga çek qöyildi.

Aniqlanişiça, Toşkent viloyatida faoliyat yurituvçi MÇJning muqaddam sudlangan xodimi Navoiy viloyatidagi xususiy korxona iş boşqaruvçisining işonçiga kirib, 2025–2026 yillarda göyoki 20 mlrd sömlik tovar aylanmasi amalga oşirilgani haqida qalbaki hujjatlar tayyorlaş orqali 2 mlrd söm QQSni qaytarib berişni va’da qilgan. U uşbu “xizmat” uçun 340 mln söm talab qilgan.

Ma’lum bölişiça, mazkur noqonuniy sxemada uning şerigi — Andijon şahrida yaşovçi yakka tartibdagi tadbirkor asosiy rolni bajargan. U taniş MÇJ va Navoiy viloyatidagi xususiy korxona örtasida soxta elektron şartnoma tuzib, göyoki 18 mlrd 670 mln sömlik quriliş-montaj işlari, transport xizmatlari va quriliş materiallari yetkazib berilgani haqida 10 ta qalbaki elektron hisob-faktura rasmiylaştirgan.

Natijada uşbu soxta hujjatlar asosida 2 mlrd söm QQS mablağini qaytarişga erişilgan.

Şundan söng talab qilingan 340 mln söm pul mablağini oliş jarayonida jinoiy guruhning yana ikki a’zosi — muqaddam bir neça marotaba sudlangan şaxslar iştirok etgan vaqtda ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

Tergovga köra, uşbu mablağ jinoiy guruh a’zolari örtasida taqsimlanişi rejalaştirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tört nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, uşbu sxemada iştirok etgan bölişi mumkin bölgan soliq idoralari xodimlarini aniqlaş böyiça suriştiruv işlari davom etmoqda.