O‘zbekiston | 14:55 / 24.12.2022
6177
3 daqiqa o‘qiladi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qishki qabul boshlandi

Foto: Ipak yo‘li

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumot olishga taklif qiladi:

Bakalavriat yo‘nalishlari / kunduzgi ta’lim shakli (ta’lim ingliz tilida):

  • Menejment (tarmoqlar va sohalar);
  • Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
  • Muzeyshunoslik;
  • Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili);
  • Arxeologiya;
  • Madaniy meros obektlarini asrash;
  • Logistika (turizm logistikasi);
  •  Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha).

 

Magistratura mutaxassisliklari / kunduzgi ta’lim shakli (ta’lim ingliz tilida):

  • Logistika (turizm logistikasi);
  • Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha);
  • Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;
  • Menejment (madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish);
  • Ijodiy sanoat;
  • Arxeologiya.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish universitetning rasmiy veb-saytidagi admissions.univ-silkroad.uz platformasi orqali amalga oshirilmoqda.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olishning oxirgi kuni – 2023 yil 20 fevral.

Eslatib o‘tamiz, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga ega bo‘lish talab etiladi. Jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, CEFR bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball ko‘rsatkichidagi bilim darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar, shuningdek, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi milliy sertifikat ham qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining elektron pochta manziliga ([email protected]) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga o‘qishga kirib, Siz talabalikning eng yorqin davrini boshdan kechirasiz:

  • Noyob intellektual kutubxona;
  • Malakali xalqaro professor-o‘qituvchilar;
  • Talabalar almashinuvi dasturlari;
  • Universitet mehmonxonasida amaliyot o‘tash;
  • Xalqaro konferensiyalar;
  • Stipendiyalar / grantlar;
  • Qishki va yozgi maktab;
  • Talabalar parlamenti;
  • Startap-loyihalar;
  • Universitet cho‘milish havzasi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid