Prezidentning 15.02.2024 yildagi PQ-72-son qarori bilan Andijon viloyati Andijon tumanida “Ipak yöli” EIZ taşkil etiladi.
Boşqaruv xodimlari soni 7 nafardan iborat bölgan “Ipak yöli” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi şaklida taşkil etiladi.
Hujjat bilan “Ipak yöli” EIZ direksiyasining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.
Quyidagilar “Ipak yöli” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari hisoblanadi:
- taşqi bozorlarda talab etilayotgan va import örnini bosuvçi, yuqori qöşilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş uçun töğridan-töğri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etiş;
- mahalliy xomaşyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini örnatiş, “Ipak yöli” EIZ iştirokçilari örtasida hamda respublikaning boşqa hududlari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş asosida yuqori darajadagi sanoat işlab çiqarişini kengaytiriş;
- viloyatning işlab çiqariş va resurs salohiyatidan samarali foydalaniş asosida sanoat mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş, mahalliy aholi uçun doimiy iş örinlari yaratiş.
















