Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodirbek Abdusattorov yakka peshqadamga aylandi, Javohir Sindorovda ham g‘alaba
Niderlandiyada davom etayotgan «Tata Steel Chess 2023» turnirining 7-turi doirasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar g‘alabaga erishishdi.
Nodirbek Abdusattorov va Arjun Erigaisi / Foto: Tata Steel Chess
Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan turnirning «Masters» guruhida o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisini qora donalarda mag‘lub etishga erishdi. Ushbu g‘alaba orqali Nodirbek ochkolari sonini 5,5 taga yetkazib, guruhda yakka peshqadamga aylanib oldi.
🚨 ABDUSATTOROV sigue haciendo MARAVILLAS.
— Chess.com en Español (@chesscom_es) January 21, 2023
El líder del torneo cada día MÁS líder. 5.5/8 y una subido de +18. Una de las apuestas más fuertes de una nueva generación de ajedrecistas se está consagrando en el Tata Steel. pic.twitter.com/IDvu1Y3K99
Abdusattorov turnir davomida vengriyalik Rixard Rapport, eronlik Parham Maqsudluni mag‘lub etib, amerikalik Fabiano Karuana va hindistonlik Dommarju Gukesh bilan durang o‘ynagan edi. Ikki kun avval esa Magnus Karlsen ustidan muhim g‘alabaga erishgan, kuni kecha hindistonlik Rameshbabu Pragnanandaa bilan durang qayd etgandi.

Bugun Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Levon Aronyan bilan kuch sinashadi.
«Masters» guruhida yana 6 ta tur o‘tkaziladi. Turnir 29 yanvargacha davom etadi.
O‘zbekistonlik yana bir xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov esa «Challengers» guruhida g‘oliblik uchun kurash olib boryapti. U 7-turda niderlandiyalik Elin Royebersga qarshi uchrashuvni oq donalarda o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, Javohirning ochkolari soni 5 taga yetdi va u endi ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Bugun u turnirdagi juda muhim o‘yinni o‘tkazadi. U qora donalarda 3-o‘rinda borayotgan turk grossmeysteri Mustafo Yilmazga qarshi dona suradi.
Mavzuga oid
22:55 / 30.12.2025
Nodirbek Abdusattorov Blits bo‘yicha jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi
13:57 / 12.12.2025
Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025: Sindorov finalni 4-o‘rin bilan yakunladi
12:25 / 05.12.2025
Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turniri g‘olibi bo‘ldi
15:37 / 27.11.2025