Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 750 ming AQSh dollarini tashkil etdi

Javohir Sindorov guruh bosqichini 5,5 ochko bilan 1-o‘rinda yakunlab, pley-offga yo‘l oldi. 

U chorak finalda Parham Magsudluni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa Magnus Karlsenga qarshi bahsda 1,5:2,5 hisobida yutqazdi. 

3-o‘rin uchun bahsda Sindarov nemis grossmeysteri Vinsent Keymerga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani 4-o‘rin bilan tugatdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 60 000 AQSh dollari mukofotni qo‘lga kiritgan. 

Finalda Levon Aronyan (AQSh) Magnus Karlsenni 1,5:0,5 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibi va 200 000 AQSh dollari sohibi bo‘ldi. 

Shu bilan birga, Karlsen final bosqichi davomida yarim finalga chiqqan holda butun 2025 yilgi grand-slem turi (mavsum) chempionligini ham muddatidan avval rasmiylashtirgani qayd etildi.