Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan, şaxmat böyiça Özbekiston milliy jamoasi a’zosi Sindorov Javohir Sanjarbekoviçga «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» faxriy unvoni berildi.

Şaxmat böyiça Jahon kubogi sohibi bölgan Javohir prezident sovğasi – 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

26 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni videoqönğiroq orqali şaxsan tabriklagan edi. / Foto: Prezident matbuot xizmati

Farmonda qayd etilişiça, faxriy unvon Sindorovga Özbekistonda şaxmat sport turini yanada rivojlantirişga, xalqimiz örtasida uşbu sport turini ommalaştirişga qöşayotgan ulkan hissasi; el-yurtimiz oldidagi farzandlik burçiga sodiq qolib, azmu şijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani; jahon miqyosida Vatanimiz şarafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erişgani; Yangi Özbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qiliş, yoşlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy ğurur va iftixor tuyğulari ruhida tarbiyalaş borasidagi alohida xizmatlari uçun berilgan.