Farg‘onada Andijon shahar sobiq hokimiga oid jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tyapti
Farg‘ona viloyati sudi binosida Andijon shahri sobiq hokimi va qator sobiq mansabdorlarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilar B.H. (erkak, 1972 yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan, Andijon viloyat hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i va Andijon shahar hokimi lavozimlarida ishlagan), Q.A. (erkak, 1982 yilda Andijonda tug‘ilgan, Andijon shahar prokurori va Andijon viloyat prokurori jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi lavozimlarida ishlagan), Andijon viloyati Moliya va Xalq ta’limi boshqarmalari, Andijon shahar Moliya va Xalq ta’limi bo‘limlari sobiq rahbarlari va mas’ul lavozimlarida ishlagan shaxslar va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
Jami 44 nafar sudlanuvchi 29 nafari erkak hamda 15 nafari ayol bo‘lib, 34 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 10 nafariga esa “garov” va “uy qamog‘i” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Dastlabki tergov organi ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar tomonidan 63 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ talon-toroj qilingan va ular Jinoyat kodeksi 167-, 168-, 207-, 209-, 210-, 28,210-, 211-, 28,211- va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ushbu jinoyat ishi Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi A.O‘tayev raisligida hamda sudyalar O.Arabov va Sh.Sherqulovdan iborat tarkibda, birinchi instansiya sudida ko‘rilmoqda.
Ayni paytda sud tergovi o‘tkazilib, sud jarayoni davom etmoqda. Sud jarayoni yakuni bo‘yicha batafsil axborot berilishi aytilgan.
Joriy yilning 6 iyun kuni Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov o‘ziga nisbatan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida JPK 221-moddasi tartibida ushlangandi.
Andijon shahar hokimi eski lavozimida (viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i) ishlagan vaqtda sheriklari bilan budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingandi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024