Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda joylarda ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir neçta qonunbuzilişi holatlariga çek qöyildi.
Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasining tuman bölimi boşliği bino va inşootlarga yonğinga qarşi jihozlarni örnatiş bilan şuğullanuvçi mas’uliyati çeklangan jamiyat tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obektlarining bino va inşootlari yoğoç qismlariga yonğin xususiyatini susaytiruvçi maxsus suyuqlik eritmasi bilan işlov berilganligi töğrisidagi dalolatnomalarni tasdiqlab beriş evaziga, özining xizmat xonasida 7 mln 300 ming söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida kuzatilgan holatda, Nukus şahar favqulodda vaziyatlar bölimining mansabdor xodimi aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga yonğin xavfsizligini ta’minlaş böyiça texnik xizmat körsatuvçi mas’uliyati çeklangan jamiyat taşkil etmoqçi bölgan fuqaroga kelgusida uning faoliyatiga rahnamolik qilişini aytib, evaziga har oyda 200 AQŞ dollari miqdorida pul berişini talab qiladi. U oldindan 4 mln söm olgan vaqtida uşlandi.
Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati boşqarmasining şahar bölimi boşliği oilaviy korxonaning mavjud kredit qarzdorligini tijorat bankning “Markazlaştirilgan kredit tarixi” axborot markazi bazasidan öçirtirib, uşbu bankdan 100 mln söm miqdorida imtiyozli kredit olib beriş evaziga 1500 AQŞ dollari talab qilib, oldindan 10 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Boşqa holatda esa Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasining Asaka tuman bölimi boş inspektori muqaddam sudlanganligiga qaramasdan, 2021 yilda tuman hokimining qarori bilan Yoşlar sanoat zonasi hududidan özining qarindoşiga sintepon mahsuloti işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullaniş maqsadida 30 yil muddatga ijara asosida ajratilgan 5 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaro nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 20 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Xorazm viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi Urganç şahar bölimining boş mutaxassisi 470 kvadrat metr yer maydonida köp qavatli uy qurişga ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştirib, quriliş işlariga nisbatan aholining roziligi böyiça dalolatnomalarni tayyorlab beriş evaziga 30 mln söm talab qiladi. Lekin, boş mutaxassis söralgan pul mablağidan 20 mln sömni olgan vaqtida uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu noqonuniy işga viloyat Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasining Urganç şahar bölimi boşliği örinbosari ham aloqador ekanligi aniqlandi.








