Andijon viloyati Uluğnor tumanida işçisining maoşidan aliment qarzini uşlab qolmagan rahbar jarimaga tortilib, maşinasi xatlangan. Bu haqda MIB viloyat boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Uluğnor tumanida yaşovçi M.A. sud qaroriga asosan ikki nafar farzandi uçun aliment tölab borişi belgilangan bölib, aliment qarzi va tölovlari uning iş haqiga qaratilgan.
Bu böyiça MIBning Uluğnor tuman bölimi davlat ijroçisi tomonidan aliment tölovçi M.A.ning iş joyi, ya’ni fermer xöjaligi rahbariga talabnoma yuborilgan.
Biroq fermer xöjaligi rahbari davlat ijroçisining qonuniy talablarini bajarmasdan, aliment pullarini qarzdorning iş haqi daromadlaridan uşlab qolmagan.
Şu sababli, byuroning Uluğnor tuman bölimi tomonidan fermer xöjaligi rahbari M.T. bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari miqdorida 3 750 000 söm jarima jazosiga tortilgan.
Qayd etilişiça, ijro harakatlari davomida M.T.ga tegişli Damas maşinasi xatlaniş jarayonida jarima pullari töliq undirilgan. Fermer xöjaligi rahbari işçisining oktyabr oyi iş haqi tölovlaridan aliment qarzi uçun mablağlar ötkazilişini bildirgan.








