6 iyun kuni Andijon şahar hokimi Bahrom Haydarov öziga nisbatan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida JPKning 221-moddasi tartibida uşlandi. Bu haqda Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, Andijon şahar hokimi eski lavozimida (viloyat moliya boşqarmasi boşliği) işlagan vaqtda şeriklari bilan 48 mlrd söm budjet mablağlarini talon-toroj qilgan. Boş prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov işi doirasida 37 nafar şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Hozirça yetkazilgan zararning atigi 23 foizi qoplangan. Tergovni Boş prokuraturaning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi olib borayotgani ma’lum.

Haydarov joriy yil 28 may kuni deputat daxlsizligi huquqidan mahrum qilingandi.

Bahromjon Haydarov avvalroq hokim sifatida ham yer ajratiş bilan boğliq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 milliard sömdan ortiq zarar keltirgani ma’lum qilingan edi. Bir vaqtning özida deputat hisoblangan hokimni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş böyiça Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan 2022 yil 3 fevral kuni Xalq deputatlari viloyat kengaşiga kiritilgan taqdimnoma taqdiri yuzasidan jamoatçilikka ma’lumot berilmagan.

Bugunga qadar Andijon şahri hokimining noqonuniy yer ajratgani, fuqarolarni haqorat qilgani