Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani ingliz va fransuz tilida chop etiladi
Foto: fb.com @IslamKarimovFoundation
Islom Karimov nomidagi Fond madaniy-ma'rifiy va ilmiy ommabop manbalar hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini tarjima qilish va chop etishga grant ajratish orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosini asrash va targ‘ib etishga hissa qo‘shib kelmoqda. Bu haqda Fondning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Fond O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanining ingliz va fransuz tiliga tarjimasiga bosh-qosh bo‘lmoqda.
O‘zbek romanchilik maktabining ilk namunasi sanalgan mazkur asar XX asr o‘zbek adabiyotining chinakam durdonasi, deya e'tirof etilgan. Salkam bir asr avval yozilgan roman hali-hamon o‘zbek adabiyotining eng ko‘p o‘qiladigan asarlari sirasiga kiradi.
O‘zbekistonning milliy ma'naviy boyligiga aylangan “O‘tgan kunlar” romani xorijlik o‘quvchilar orasida ham o‘z muxlislariga ega bo‘lsa ajab emas. Ayni chog‘da, asar xorij o‘quvchisini o‘zbek xalqining ma'naviy olami, yuksak badiiy tafakkuri va umrboqiy qadriyat hamda an'analariga oshno etadi.
Mavzuga oid
14:09 / 16.01.2026
Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi
07:23 / 05.11.2025
Kitob o‘qishda peshqadam 5 davlat: Amerikadan Yevropagacha
11:53 / 22.10.2025
O‘zbek yoshlari uchun katta sovg‘a: “Ming kitob” loyihasi dastlabki 27 ta kitobni taqdim etdi
20:42 / 18.10.2025