Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi
Vazirlik va idoralarda kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etilib, tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodim 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Prezident farmoniga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralarda kitobxonlik madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan qator choralar belgilandi.
Jumladan:
- 2026 yil 1 martga qadar har bir idorada tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi;
- har yili kamida 3 tadan kasbiy xorijiy adabiyot mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilinib, mutaxassislar ishtirokida izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- 2026 yil 1 aprelga qadar idora va tizim tashkilotlarida “Kitob burchagi” tashkil etiladi hamda xodimlar uchun har oy “Kitob o‘qish soati” joriy etiladi;
- kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi ishga tushiriladi;
- tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.
Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 talikka kirgan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi belgilangan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
17:30 / 01.04.2026
“O‘z ishxonasiga begonalar”: metropoliten xodimlari ish joylariga kiritilmadi
18:07 / 07.03.2026