Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O’zbegim milliy festivali yilning eng yorqin tomoshalariga taklif etadi
Foto: "Kun"
2017 yilning 6 sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O’zbegim milliy qadriyatlar festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Festival tashkilotchilari Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida bo‘ladigan eng yirik tadbir dasturi bilan tanishtirib o‘tishdi.
O‘zbek milliy urf-odatlari va an'analari, amaliy va tasviriy san'ati hamda milliy oshxonasining rang-barangliklari namoyish etiladigan mazkur madaniy tadbir Milliy telekanali jamoasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Festival maqsadi — O‘zbekistonning madaniy qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish, mamlakatning boy badiiy merosi bilan hamyurtlarimiz va xorijlik mehmonlarni tanishtirish, milliy madaniyat va san'atning eng yaxshi namunalarini xalqaro jamoatchilikka ko‘rsatish, sayyohlik salohiyatini namoyon etish.
Festival xalq sayli muhitini hosil qilib, o‘zida xalq hunarmandlarining yarmarkalari, xalq o‘yinlari va tomoshalari, bir qator milliy rusumlar, folklor shoularni mujassam etadi, bir so‘z bilan aytganda, boy madaniy merosimizning bor go‘zalligini namoyish etadi.
Shuningdek, festival davomida quyidagi tadbirlarga guvoh bo‘lasiz:
Ochiq osmon ostidagi Sharq art-bozori va mahorat darslari, bunda shaharning eng yaxshi hunarmandlari o‘z mahoratlarini ko‘rsatadi, mehmonlar esa ijodiy jarayonni bevosita kuzatishlari hamda o‘zlariga yoqqan ijod mahsulini sotib olishlari mumkin bo‘ladi;
• Gastronomik yarmarka — mehmonlarga Xorazm, Buxoro, Farg‘ona, Samarqand va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xos milliy taomlarning tayyorlanishini kuzatib borish, eng mazali taom va shirinliklardan tatib ko‘rish, bir piyola choy ustida hordiq chiqarish imkoni beriladi;
• Dorbozlar shousi va xalq o‘yinlari — dorbozlar, polvonlar, olov o‘ynatuvchilarning chiqishlari, shuningdek, qo‘chqor va xo‘roz urishtirishlar, milliy o‘yin va tomoshalar tashkil etiladi;
• Gala-konsert — festival xalq ijrochilari va raqs ansambllarining yorqin chiqishlari bilan hamohang bo‘ladi;
• Fashion show —O‘zbekistonning yetakchi dizaynerlari dunyo podiumlarini zabt etgan milliy matolarimizning ko‘rkamligini milliy liboslar namoyishida aks ettiradi.
Festival dasturi bilan quyidagi jadval orqali tanishing:

Festivalning eng yorqin hodisasi 8 tonnaga teng o‘zbek milliy taomi — palovni tayyorlash bo‘ladi. Bu jarayonda Guinness World Records vakillari bevosita ishtirok etadi. Ekspertlar tayyorlangan palovning miqdori bo‘yicha jahon rekordini qayd etishadi.
Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalaniladi. Xususan, 1 500 kg mol go‘shti, 400 kg qo‘y go‘shti, 220 kg dumba va eng asosiysi, 1 900 kg guruch. Ulkan qozonga 2 700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr o‘simlik yog‘i, 57 kg tuz ham solinadi. Bularning barchasiga 100 kg no‘xat, 190 kg uzum, 5 kg zira, 2 kg yanchilgan qalampir, 1 kg zarchava va 350 litr suv qo‘shilib, ta'mi rostlanadi.
Palov tayyor bo‘lgach, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylariga tarqatiladi.
Mavzuga oid
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
19:04 / 03.01.2026
Raqs sohasi vakillarining maoshlarini oshirish taklif qilinmoqda
08:55 / 04.07.2025
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi
15:43 / 01.05.2025