O‘zbekiston | 10:00 / 28.12.2018
9499
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi ishlab chiqiladi

28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi simpoziumlar saroyida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘z so‘zining avvalida o‘tayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi va yangi yilga «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb nom berdi.

Prezident yig‘ilish davomida O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi ishlab chiqilishini ma'lum qildi.

«Raqamli iqtisodiyotga o‘tmasak, orqada qolib ketyapmiz. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur

Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida raqamli transformatsiyani amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va bu yo‘nalishda investitsiyalar jalb etish zarur», dedi prezident.

Mavzuga oid