Raqamli texnologiyalar şarofati bilan insoniyat törtinçi sanoat inqilobi davriga qadam qöydi. Sun'iy intellekt, jihozlar interneti, 5G va bio-muhandislik odamlarning kundalik hayotiga tobora köproq kirib bormoqda. Bu global makroiqtisodiy tendensiyalarning şakllanişiga olib kelmoqda va yangi keng kölamli özgarişlarni keltirib çiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar jamiyatning barqaror rivojlanişining bir qismi va iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlovçi yangi omilga aylanib bormoqda. Körib turibmizki, aqlli şaharlarning yaratilişi va sanoatning raqamli transformatsiyasi iste'molçilar tajribasini sezilarli darajada yaxşilaydi, yangi mahsulot va xizmatlarni yaratadi, ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanişga hissa qöşadi.

COVID-19 jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir körsatdi: jismoniy şaxslar, uy xöjaliklari va taşkilotlar uçun möljallangan raqamli ilovalar jamiyatning deyarli barça jabhalariga, xususan muloqot, xarid qiliş, iş, ta'lim va köngiloçar sohalariga çuqur kirib bordi. Bundan taşqari, raqamli texnologiyalar pandemiyaga qarşi kuraşişda va öz fuqarolarining xavfsizligini ta'minlaşda megapolislarga yordam berdi. Raqamli xizmatlar yuqori tezlikdagi internetga (5G va optika) ulangan holda tibbiy yordam körsatiş, masofadan turib tibbiy maslahatlar beriş, hukumatlar va kompaniyalarni iş faoliyatiga yangiça formatda qaytariş va şu kabi bir qator ssenariylarni qöllab-quvvatlaş bilan “yangi odatiy hol”ga aylandi. Bu hukumatlar va taşkilotlarning sanoatni raqamlaştiriş böyiça uzoq muddatli rejalar tuziş zarurligini anglab yetişlariga olib keldi.

Xalqaro valuta jamğarmasining sönggi prognoziga köra, tez orada jahon iqtisodiyoti pandemiyadan keyin tiklana boşlaydi. Global YaIM 2021 yilda 6% ga ösişi, mintaqalardagi ösiş esa: Osiyoda 8,6%, AQŞda 6,4%, Lotin Amerikasi va Karib havzasida 4,6%, Yevropa mamlakatlarida 4,4% va Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo mamlakatlarida 3,7% ni taşkil etişi kutilmoqda.
Iqtisodçilar iqtisodiyotni tiklaşning turli modellarini, jumladan, V, U va K şaklidagi modellarni ilgari surdilar. Agar pandemiya samarali nazorat qilinsa, jahon iqtisodiyoti jadvalda V-şaklini yaratgan holda keskin pasayişdan tezda tiklanişi mumkin. Boşqa rivojlaniş ssenariysida tuşiş uzoq vaqt saqlanib qolişi mumkin, bu esa retsessiyaga olib keladi va undan söng iqtisodiyot tezda qayta tiklanadi. Şunga öxşaş qayta tiklaniş mutaxassislar tomonidan «U» harfi şaklida taqdim etilgan.










