Kelasi öquv yilidan barça viloyatlar va Toşkent şahri maktablarida ham bepul ovqatlaniş joriy etiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Özbekiston xalqiga murojaatnomasida aytildi.
«Yil boşidan Qoraqalpoğiston va Xorazmda 285 ming nafar boşlanğiç sinf öquvçilari uçun bepul ovqatlaniş yölga qöyildi. Bu borada yetarli tajriba orttirdik.
Endi, kelasi öquv yilidan uşbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toşkent şahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uçun 2,3 trillion söm ajratiladi», — Şavkat Mirziyoyev.
Qayd etilişiça, kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar iştirokida 100 ta maktab quriş loyihalari boşlanadi, kelasi beş yilda ularning soni mingtaga yetkaziladi.

















