Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qog‘oz ko‘rinishidagi attestat o‘ta zarur bo‘lsagina bitiruvchiga beriladi – Xalq ta'limi vaziri
Abituriyentlar onlayn hujjat topshirishlari jarayonida Davlat test markazi bazasi Xalq ta'limi vazirligi bazasidan attestat ma'lumotlarini chiqarib beradi. Abituriyentning faqat pasport ma'lumotini kiritishi yetarli.
Bugun, 4 may kuni qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifingda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilari uchun elektron attestat berish tartibi haqida ma'lumot berdi.
Xalq ta'limi vazirining ta'kidlashicha, attestatlarni elektron bazaga kiritish ishlari olib borilmoqda.
«Bu yilgi bitiruvchilarning attestatlarini olishining ham keragi yo‘q. Chunki ular onlayn hujjat topshirishlari jarayonida Davlat test markazi bazasi Xalq ta'limi vazirligi bazasidan attestat ma'lumotlarini chiqarib beradi. Abituriyentning faqat pasport ma'lumotini kiritishi yetarli», - deya qayd etdi Sherzod Shermatov.
Vazir bazada barcha ma'lumotlar borligi uchun skaner variantdagi attestatni olishga ham ehtiyoj yo‘qligini aytib o‘tdi.
«Biroq shunday bo‘lsa-da, 15 iyunga qadar barcha bitiruvchilarga telegram yoki elektron pochta orqali skaner variantdagi attestatlar yetkaziladi.
Lekin agar kimgadir attestat juda zarur bo‘ladigan bo‘lsa, maktab qog‘oz ko‘rinishidagi attestatni ham berishi mumkin. Shunday vaziyat bo‘lsa, ijtimoiy masofani saqlash va karatin talablariga qat'iy rioya qilishni ota-onalardan so‘raymiz», - dedi Sherzod Shermatov.
Xalq ta'limi vaziri ota-onalar va bitiruvchilardan agar o‘ta zarur bo‘ladigan holat bo‘lmasa, qog‘oz ko‘rinishidagi attestatni olish uchun maktabga bormaslikni iltimos qildi.
h
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023