O‘zbekiston | 19:52 / 14.08.2017
16780
2 daqiqa o‘qiladi

Respublika darajasidagi davlat organlari yuqori malakali mutaxassislarni yuridik xizmatga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2733-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar bazasi yaratildi.

Hozirda ushbu bazaga respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida 39 nafar bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritilgan.

Bo‘sh ish o‘rinlarining ro‘yxati quyida keltirilmoqda.

Ishga kirish uchun ushbu vakant ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki Adliya vazirligiga murojaat etishingiz mumkin.

Bu masalada adliya organlariga murojaat etilganda vakant ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilish to‘g‘risida tavsiya kiritiladi.

Mavzuga oid