Adliya organlarining aralaşuvi bilan Andijon davlat tibbiyot institutida 743 nafar xodimning iş haqidan haşar uçun deb uşlab qolingan pullar qaytarildi.

Bu – Özbekistonda hamon xodimlarning roziligisiz iş haqidan uşlab qoliş holatlari mavjudligini isbotladi.

Kun.uz'ga kelayotgan bir neçta murojaatlarda ham ayni şu kabi holatlar haqida söz boradi.

Jumladan, Xonobod şahridagi 2-umumiy örta ta'lim maktabi öqituvçisi oylik maoşidan 200 ming söm uşlab qolinganidan noroziligini bildirdi.

Yana bir murojaatga köra, Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot birlaşmalaridan birida hamşira bölib işlovçi ayolning jami maoşi bir oyda 4ta navbatçilik uçun 800 ming sömni taşkil etsa-da, şanbalik uçun undan bir kunlik iş haqi – 200 ming söm uşlab qolingan.

Andijon viloyatidagi tibbiyot birlaşmalarida ham sentyabrdagi iş haqlaridan şanbalik uçun roziliksiz va ogohlantirişsiz pul uşlab qolingan.

Xodimning iş haqidan uşlab qoliş mumkinmi?

Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq, xodimning mehnat haqidan uşlab qolişga faqat xodimning yozma roziligi bilan yöl qöyiladi.

Ya'ni, iş haqidan şanbalik uçun uşlab qoliş xodimning mutlaq ixtiyoriga boğliq – xohlasa, rozilik beradi, xohlamasa, yöq.

Xodimni rozilik berişga majburlaş yoki uning roziligisiz iş haqidan uşlab qoliş – ğayriqonuniy.

Bunday harakatlar Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 49-moddasiga asosan BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Xodimlar iş haqidan ğayriqonuniy tarzda pul uşlab qolinganda, ularni qaysi taşkilotlar himoya qilişi kerak?

Mehnat kodeksining 9-moddasiga köra, mehnat töğrisidagi qonunçilikka rioya etilişini tekşiriş va nazorat qilişni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy organlari hamda kasaba uyuşmalari amalga oşiradi.

Şuningdek, mehnat töğrisidagi qonunlarning aniq va bir xil ijro etilişi ustidan nazoratni olib boriş Özbekiston boş prokurori va unga böysunuvçi prokurorlar tomonidan amalga oşiriladi.