Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy tadbirkorlarga 5 nafargacha doimiy xodim yollash huquqi berildi
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlarga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqi berildi (ilgari 3 nafargacha edi). Shuningdek, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lish huquqi berildi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun (bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqi berildi (ilgari 3 nafargacha edi).
Shuningdek, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lish huquqi berildi.
“Bojxona kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan maxsus sport kiyim-boshlari, poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalarining 50 foizi uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar berildi.
“Shaharsozlik kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obektlarini qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlari bekor qilindi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:58 / 17.10.2025
O‘zbekistonda nohaq bo‘shatilgan 13 ming xodim ishga tiklandi
20:04 / 25.08.2025
AQSh mehnat bozorida Buyuk retsessiya davridagi holat kuzatilmoqda
21:11 / 09.08.2025
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
11:37 / 08.08.2025