Şavkat Mirziyoyev 22 oktyabrdagi farmoni bilan davlat organlarining boşqaruv xodimlari sonini qisqartirdi.

Özbekistonda hozirgi kunda 21 ta vazirlik, 14 ta qömita (13 ta edi), 26 ta agentlik (25 ta) va 9 ta inspeksiya (11 ta), jami 70 ta respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari mavjud.

70 ta davlat organi boşqaruv xodimlarining maksimal soni 53 560 nafar etib belgilandi.

Bungaça xodimlar soni 56 509 nafarni taşkil etgan, ya’ni boşqaruv xodimlarining 5,2 foizi qisqartirilgan (2949 ştat birligi). Davlat budjetidan moliyalaştiriladigan respublika organlari xodimlarining soni 51950 ming nafardan 49105 nafarga (-2845 nafar), budjyetdan taşqari mablağlar hisobidan esa 4919 nafardan 4455 nafarga (-464) qisqartirilgan.

Masalan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 580 nafar xodimni — 5626 nafargaça qisqartiradi, biroq örinbosarlar soni 7 nafardan 8 nafarga oşadi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida — 1024 nafarga (-336 nafar), Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligida esa — 3234 (-1416) nafargaça qisqaradi.

Bojxona qömitasida xodimlar soni 693 ga — 4690 nafargaça, Oila va xotin-qizlar qömitasida 152 nafardan 585 nafarga (+433) köpaydi.

Şu bilan birga, viloyatlar hokimliklari (Toşkent viloyatidan taşqari) boşqaruv apparati xodimlarining maksimal soni 52−57 tadan 61−70 birlikka köpaytirilib, ularning umumiy soni 763 tani taşkil etdi.

Viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari boşqaruv apparatlari xodimlarining maksimal soni 706 nafardan 886 nafarga, şu jumladan, boş rejalarni işlab çiqiş böyiça loyiha idoralari xodimlarining soni 46 nafarga oşirilmoqda.

Viloyat markazlari va Qoraqalpoğiston poytaxti hokimliklari boşqaruv apparati xodimlarining eng köp soni 445 dan 330 ga, viloyatlarga böysunuvçi şaharlar hokimliklarida — 485 dan 348 ga, qişloq tumanlari hokimliklarida — 5173 dan 3809 ga, Toşkent şahri tumanlari hokimliklarida — 568 dan 359 gaça qisqardi.

Hokimliklardagi xodimlar sonining kamayişi Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi hamda hokimliklar huzuridagi markazlarning tugatilib, ularning vazifalari Bandlik vazirligiga ötkazilgani bilan ham boğliq.