Kun.uzʼga Enter Engineering kompaniyasiga bevosita va bilvosita aloqador taşkilot xodimlari ularga bir neça oydan beri maoş tölanmayotganidan şikoyat qilib murojaat yölladi.

“May oyidan beri oyliklarimiz yöq. Faqatgina may, iyun, iyul oyliklaridan ozgina berişdi, 2-3 mlndan. Bu pul nima böladi oilali odam uçun. Avgust, sentabr, oktyabr oyliklari töliq turibdi. Davlatdan kredit olsangiz, 1 kun keçiksa penya tuğadi. Lekin bizning oylik oylab berilmasa ham heç kimning işi yöq”, – deyiladi murojaatda.

Ta’kidlanişiça, qator xodimlar iş taşlaş e’lon qilib, işga borişmayapti.

Eriell va Enter Engineerinğga aloqador Samarqand xalqaro texnologiya universiteti öqituvçilariga ham bir neça oydan beri maoş berilmagan.

“Men Saneğga (Eriell guruhi) tegişli Samarqand xalqaro texnologiya universiteti professoriman. Bu semestrda hozirça birorta professorga maoş berilmadi. Bu dahşatli. Nima qilişni bilmaymiz.

Çet ellik professorlar oxirgi marta 4 sentabrda maoş olişgan, mahalliy öqituvçilarning oylik olmaganiga esa undan ham köp vaqt bölgan. Bizga nima bölayotgani haqida heç narsa aytilmaydi. Şunçaki “pul yöq”, “pulni kutamiz” deyişadi”, dedi ismi oşkor qilinişini istamagan xorijlik professor.

Uning qöşimça qilişiça, AQŞ, Janubiy Koreya va Erondan olib kelingan önlab öqituvçilar maoşi berilmayotgani sababli iş taşlaş haqida öylaşyapti.

Avvalroq, Daryo.uz Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi 3-mis boyitiş fabrikasi qurilişida işlayotgan Enter Engineering işçilari Özbekiston mustaqilligining 33 yilligini pulsiz kutib olgani haqida yozgandi. Xodimlar 2024 yilning may oyi uçun “avans” berilganini, öşandan beri maoşsiz işlab kelişayotganini aytgan.

Keyinroq işçilarning naşrga bildirişiça, 7-8 sentabr kunlari fabrikani qurayotgan kompaniya – Enter Engineering işçilariga maoş tarqatgan: may oyining 30 foiz qoldiği va iyun oyi maoşining 70 foizi berilgan.

Murojaatçilarning bildirişiça, maoşlar dastlab 7 sentabr kuni Olmaliq 3-mis boyitiş fabrikasi qurilişida işlayotgan işçilarga, keyin Samarqand va Qoraköldagi işçilarga tarqatilgan. Lekin kompaniyaning boşqaruv ofisi va viloyatlaridagi ofislari işçilariga maoş hamon berilmagan.