Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabrda uy-joy savdosi oshdi, ijara narxlari ham o‘sdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi noyabr oyi uchun ko‘chmas mulk bozori tahlilini yangilab, uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 25 mingtaga yetgani, ayrim viloyatlarda o‘sish yuqori bo‘lgani hamda Toshkentda ijara narxi yillik hisobda ko‘tarilganini ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi noyabr oyi uchun O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorida kuzatilgan o‘zgarishlar tahlilini taqdim etdi.
Tahlilga ko‘ra, mamlakatda uy-joy oldi-sotdi shartnomalarining umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,2 foizga oshib, 25 mingta bitimni tashkil etgan. Yillik hisobda eng yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro viloyatida (35,4 foiz), Qashqadaryo viloyatida (26,5 foiz) va Samarqand viloyatida (21,7 foiz) qayd etilgan.
Respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozorida yillik hisobda narxlarning o‘rtacha 7 foiz atrofida mo‘’tadil o‘sishi kuzatilgan.
Ijara bozori bo‘yicha esa, noyabr oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 1 kv.m uchun 8,7 dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yuqori ekani aytildi.
Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
12:18 / 17.03.2026
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori: narxlar qanday o‘zgaryapti?
12:27 / 12.03.2026
Toshkentda ijara haqi sabab talabalar va ijarachi o‘rtasida janjal yuz berdi
10:29 / 05.03.2026