Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 10 mart kuni Toşkent şahar Sergeli tumani IIO FMB navbatçilik qismiga Sergeli-7 mavzesida joylaşgan köp qavatli uylardan birida ijarada yaşab kelayotgan Toşkent davlat yuridik institutining bir neça talabasi hamda ular bilan birga yaşovçi fuqaro örtasida janjal kelib çiqqanligi haqida xabar kelib tuşgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, mojaroga ijara haqini tölaş masalasidagi kelişmovçilik sabab bölgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan voqea iştirokçilarining barçasi aniqlanib, holat yuzasidan tuman içki işlar bölimida tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, iştirokçilar bilan profilaktik suhbat ötkazilib, ularga javob berilgan. Ayni paytda töplangan materiallarni qonuniy çora köriş uçun tuman sudiga yuboriş masalasi körib çiqilmoqda.

















