O‘zbekiston | 13:51 / 25.12.2020
50546
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga sovuq antitsiklon kirib keladi

Bugun O‘zbekiston hududiga Erondan iliq va nam havo massalari kirib kelishi boshlandi. Aksariyat viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning shimoliy va janubi-sharqiy hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Foto: KUN.UZ

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, havo harorati dekabr oyining oxiridagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqinlashadi va 7-10 daraja iliqni tashkil etadi. 
  
Biroq, ertaga respublika hududlariga janubiy siklon kirishi boshlanadi, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin, faqat respublika shimolida va shimoliy hududlarning chekkasida yog‘ingarchilik kutilmaydi
      
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik bo‘ladi, u sovuq fonda qor ko‘rinishida davom etadi. Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda kuchli qor yog‘ishi mumkin, qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
      
Dam olish kunlari harorat pasayadi va yakshanba kuni 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu davrda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.
      
Bugun va ertaga respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid