Özbekistonda hududlarda dam oliş kunlari yoğingarçilik kuzatiladi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Juma kunduzi respublika böyiça ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Toşkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
4 aprel, şanba kuni Toşkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, Farğona vodiysida, şuningdek, respublika janubidagi toğoldi va toğli hududlarda yomğir yoğadi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati +20…+25 daraja böladi.
Yakşanba kuni respublika böyiça ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Respublika şimolida, janubida va çöl hududlarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi kutilmoqda.
Toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Toğlarda qor köçişi xavfi bor.
Toşkent şahrida juma kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +22…+24 daraja böladi. Şanba kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatilişi va şamol 10–12 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi +15…+17, kunduzi +19…+21 daraja böladi.
Yakşanba kuni keçasi va ertalab yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi +13…+15, kunduzi +22…+24 daraja böladi.












