Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Isroilga «xuddi Qorabog‘ va Liviyadagi kabi» qo‘shin yuborish bilan tahdid qildi
Turkiya Isroilga «xuddi Liviya va Qorabog‘dagi kabi» kirishi mumkin, deya ogohlantirdi prezident. Erdo‘g‘an 2020 yilda Tripolidagi hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun Liviyaga qo‘shin yuborilganini e’lon qilgan, Anqara keyinchalik Qorabog‘dagi mojaroda Bokuni qo‘llab-quvvatlagandi.
Foto: tccb.gov.tr
Turkiya Liviya va Qorabog‘ga kirgani kabi Isroilga ham kirishi mumkin, dedi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, uning so‘zlarini Al Ain Türkçe nashri keltirdi.
«Qorabog‘ va Liviyaga qanday kirgan bo‘lsak, ularga ham shunday qilishimiz mumkin», - deya ogohlantirdi u Isroilning Falastinga nisbatan siyosatiga javoban.
Erdo‘g‘on 2020 yil yanvar oyida Tripolida Liviya Milliy kelishuv hukumatini (MKH) qo‘llab-quvvatlash uchun turk qo‘shinlarini Liviyaga jo‘natishini e’lon qildi. Liviya rahbari, polkovnik Muammar Qaddofiy ag‘darilib o‘ldirilgach, mamlakat ikkiga bo‘lindi: g‘arbda, Tripolida MKH hukmronlik qildi (hozirgi - Abdel Hamid Dbeyba milliy birlik hukumati), sharq esa marshal Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
2020 yilning kuzida Turkiya Tog‘li Qorabog‘dagi Armaniston bilan mojaroda Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatladi. Ozarblyjon prezidenti Ilhom Aliyev so‘ng «Rossiya va Turkiya qo‘shma tinchlikparvarlik missiyasi» haqida gapirdi. Moskva Qorabog‘da faqat Rossiya tinchlikparvar kuchlari bo‘lishini, Turkiya bilan o‘zaro aloqalar Ozarboyjon hududidagi monitoring markazi doirasida amalga oshirilishini bildirdi.
Turkiya rahbari Falastin-Isroil mojarosini 1967 yil chegaralari ichida poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish yo‘li bilan hal etish tarafdori. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu «ikki davlat» g‘oyasini rad etadi.
Isroilning HAMAS bilan urushi boshlanganidan so‘ng, Erdo‘g‘an Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi harakatlarini bir necha bor tanqid qilib, ularni «qirg‘in» bilan qiyoslagan, shuningdek, Netanyahuni «hisobdan chiqarganini» va endi u bilan aloqa qilmayotganini aytgan. «Biz bilishimiz kerakki, hozirgi Hitler, Netanyahu va uning sheriklari javobgarlikdan qochib qutula olmaydi. Qanchalik uzoqqa yugurmasin, biz unga yetib olamiz», dedi u.
Mavzuga oid
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
14:58 / 17.12.2025
Erdo‘g‘an tadbirda Cho‘lponning «Go‘zal Turkiston» she’ridan parcha o‘qib berdi
10:13 / 17.12.2025
Turkiyada yashirinib yurgan shaxs ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi
19:09 / 16.12.2025