Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
U razvedka va kuzatuv uchun ishlatilishi ta’kidlanmoqda.
Rossiyaning «Orlan-10» rusumli uchuvchisiz samolyoti Turkiya shimoli-g‘arbidagi Kojaeli viloyatida qulab tushdi, deb xabar berdi mamlakat ichki ishlar vazirligi.
«Rossiyada ishlab chiqarilgani taxmin qilinayotgan «Orlan-10» turidagi uchuvchisiz uchish apparati topildi, u razvedka va kuzatuv uchun ishlatiladi», deyiladi xabarda.

Dron Izmit okrugidagi Chubuklubala hududidan topilgan. Turk nashrlarining yozishicha, dron qishloq joyiga qulagan, mahalliy aholi uni deyarli shikastlanmagan holda topgan.
Holat yuzasidan IIV tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hafta boshida, 15 dekabr kuni Turkiya harbiylari Qora dengiz ustida Turkiya havo hududiga qarab uchayotgan noma’lum uchuvchisiz samolyotni urib tushirgan edi. Dronni tutib olish uchun F-16 qiruvchi samolyoti ko‘tarildi. Harbiylar dron boshqaruvni yo‘qotganini aniqladi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026