Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudi Aramco MDHga yetkazib beriladigan gaz narxini ikki baravarga arzonlashtiradi
Avvalroq qirollik energetika vazirligi mamlakat may oyida neft eksportini sutkasiga 600 ming barrelga oshirishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
Foto: REUTERS/Ahmed Jadallah
Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft-gaz kompaniyasi aprel oyida yetkazib beriladigan propan narxini 46,5 foizga – tonnasini 430 dollardan 230 dollargacha tushiradi.
Shuningdek, aprelda butan narxi ham 50 foizga – tonnasi 480 dollardan 240 dollargacha arzonlashadi.
Avvalroq qirollik energetika vazirligi mamlakat may oyida neft eksportini sutkasiga 600 ming barrelga oshirishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
Mart oyi boshida OPeK+ kelishuvi bekor bo‘lgach, Ar-Riyod neft qazib olishni ko‘paytirishini ma'lum qilgan va xaridorlarga arzon narxlarda taklif etgandi. Buning ortidan jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketdi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026