Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablar qurishga 3 trln so‘m ajratiladi va maktablar uchun 1 mlrd dollar mablag‘ jalb etiladi
Kelgusi yilda Investitsiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi.
Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida to‘xtaldi.
Kelgusi yilda Investitsiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi. Buning hisobiga 150 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Bunda asosiy e’tiborni 2 koeffitsiyentdan yuqori quvvatda ishlayotgan 595 ta maktabni kengaytirishga qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bir oy muddatda maktablarga chetdan 1 milliard dollar (taxminan 12 trillion so‘m) jalb qilish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar va loyiha takliflarini tayyorlab, xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari bilan amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025