Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklar tomonidan qarorlar qabul qilish tartibini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik joriy etiladi
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.
Foto: Aleksandr Koryakov / Kommersant'
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi, 198-4-modda bilan to‘ldirilishi mo‘ljallanmoqda.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanadi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarining mansabdor shaxslari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron – E-qaror tizimi orqali qabul qilinmagan qarorlarni amalga kiritish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarining mansabdor shaxslari tomonidan hududiy adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan va E-qaror tizimi orqali qabul qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:06 / 26.12.2025
Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar berildi
12:32 / 29.10.2025
Hokimlik xodimlari samaradorligi KPI asosida baholanadi
12:20 / 22.10.2025
1 yanvardan tajriba-sinov: tuman va shahar hokimliklari yangi tartibda ishlaydi
22:20 / 30.09.2025