Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlik xodimlari samaradorligi KPI asosida baholanadi
Adliya vazirligi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash” bo‘yicha namunaviy tartibni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman/shahar hokimliklarida amal qiladi.
Namunaviy tartib davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi hokimlik xodimlari faoliyatini KPI orqali baholashni belgilaydi. Ushbu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari o‘z ichki tartibini ishlab chiqib, joriy etadi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlariga qo‘yilgan talablar:
— aniq bo‘lishi;
— vaqt chegarasining mavjudligi;
— kompetentlikka mosligi;
— maqsadliligi;
— erishish mumkinligi;
— o‘lchanadigan bo‘lishi.
Hokimlik xodimlari uchun KPI ishlab chiqish, tasdiqlash va baholash belgilangan sxemaga muvofiq samaradorlik.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Baholash shkalasi:
— 70 balldan kam — “qoniqarsiz” (D);
— 70–85 ball — “qoniqarli” (C);
— 85–100 ball — “yaxshi” (B);
— 100 ball va undan yuqori — “a’lo” (A).
Hujjat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvni kuchaytirish, xodimlar faoliyatining ochiqligi va o‘lchanuvchanligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
17:58 / 19.05.2026
Qimor va ichkilikbozlikka taqiq. Toshkent shahar hokimligi xodimlarining odob-axloq qoidalari tasdiqlandi
15:47 / 27.12.2025
1 yanvardan maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga KPI asosida oylik ustama to‘lanadi
12:20 / 22.10.2025
1 yanvardan tajriba-sinov: tuman va shahar hokimliklari yangi tartibda ishlaydi
22:20 / 30.09.2025