Jamiyat | 12:59 / 11.10.2016
24864
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik maktab o‘quvchisi amerikalik qiz bilan onlayn-muloqot qilganligi uchun ozodlikdan mahrum etiladi

Foto: Youtube/Christina Crockett

Saudiya Arabistonida yashovchi Abu Sin ismli o‘smir YouNow chatida amerikalik qiz bilan onlayn-muloqot qilganligi uchun 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Bu haqida The Washington Post nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Kristina Krokett bilan internet orqali bog‘langan va unga hazil qilib, turmushga chiqishni taklif qilgan. Bunga javoban qiz barmog‘iga nikoh uzugi rasmini chizgan va o‘smirga muhabbat izhor qilgan. Shundan so‘ng ular yana bir necha marta videoaloqa orqali suhbatlashishgan. Qiz bu videosuhbatlarni YouTube kanaliga yuklagan. 

Buning natijasida Saudiya Arabistonining diniy politsiya xodimlari Abu Sinni axloqsiz xatti-harakatlari uchun hibsga olishgan. Uni diniy va axloqiy qoidalarga zid harakatlar qilish hamda mamlakat aholisi haqida salbiy fikrlar shakllantirishda ayblashgan. Endilikda o‘smir sud oldida javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi. 
 

Mavzuga oid