O‘zbekiston | 22:38 / 31.01.2026
15587
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qalin qor sababli 600 kishi tashqi dunyodan uzildi

Taxminan 100 xo‘jalikdagi 600 kishi yo‘llar yopilib qolgani sababli zarur oziq-ovqat va tibbiy xizmatlarga yetib borolmayapti.

Foto: Videodan kadr

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining Qiziltom qishlog‘ida qalin qor yog‘ishi oqibatida qishloq aholisi tashqi dunyo bilan aloqasiz qoldi.

Taxminan 100 xo‘jalikdagi 600 nafar aholi yo‘llar yopilib qolgani sababli zarur oziq-ovqat va tibbiy xizmatlarga yetib borolmayapti.

Aholi vakillari Maydanak observatoriyasi va Qiziltom qishlog‘i o‘rtasidagi 10 kilometr yo‘lni qordan tozalashni so‘ramoqda.

Hududda oziq-ovqat yetkazib berish va tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, ayni paytda yo‘llar qordan tozalanmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid