Hisor toğ etaklari, ayniqsa Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining toğli hududlarida bu yil odatdagidan köp qor va yomğir yoğişi kuzatilmoqda. Bu bir tomondan suv zaxiralari uçun ijobiy holat bölsa, ikkinçi tomondan qişloqlarning uzilib qolişi va bahorda toşqinlar xavfini kuçaytirmoqda. Iqlimşunos Erkin Abdulahatov yil avvalidagi yoğinlar va ularning oqibatlari haqida fikr yuritadi.

Iqlimşunosga köra, 2025 yil dekabr oyidan beri yoğingarçilik deyarli muttasil davom etgan. Uç-tört kun qor yoğib, qorlar erimasdan turib yana yoğingarçilik kuzatilgan. Natijada Hisor va Oloy toğ tizmalarida odatdagidan köp qor zaxirasi töplangan.

Bu holat toğlarda joylaşgan kuzatuv stansiyalarida ham qayd etilgani aytilmoqda. Masalan, Xöjand va Duşanbeni boğlovçi Anzob dovonida qariyb 2 metrga yaqin qor yiğilgan. Bu esa yoğingarçilik köp bölgan 2024 yilga nisbatan ham qariyb ikki barobar köp demakdir. Öşa yili qiş va bahor oylarida yoğingarçilik yuqori bölgan edi. Şu bois joriy yilda hudud uçun suv zaxirasi bilan boğliq vaziyat ança barqaror va barokatli bölişi mumkin, deydi mutaxassis.

Biroq kuçli qor yoğişi xavfli holatlarni ham keltirib çiqaryapti. Joriy tunda Tojikistondagi M-34 avtomagistralida, Anzob dovoni kiriş qismida qor köçkisi yuz bergan. Oqibatda tunnel içida avtomobillar va odamlar qolib ketgani xabar qilindi.

Özbekistonda ham şunga öxşaş holatlar kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Nurota va Xatirçi tumanlaridagi toğli qişloqlarni boğlovçi yöllar yopilib qolgani haqidagi tasvirlar tarqaldi. Xususan, Çuya va Langar qişloqlariga olib boruvçi yöllarda 2-3 metr qalinlikda qor yiğilgan. Şuningdek, Qamaşi tumanining Qiziltom qişloğiga boruvçi 10 kilometrlik yöl qariyb ikki oy davomida qor bilan qoplanib, qişloq taşqi dunyodan uzilib qolgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga köra, ayrim hududlarda qor qalinligi 2-3 metrga yetgan. Bu holat töliq anomal hisoblanmaydi, ammo sönggi yillarda bunday vaziyat deyarli kuzatilmagan.

Iqlimşunosning qayd etişiça, sönggi yillarda iqlim özgarişi yaqqol sezilmoqda. Bahorning erta boşlanişi va issiq kunlarning tez kirib kelişi qorlarning şiddat bilan erişiga olib kelişi mumkin. Bu esa yoğingarçilik bilan qöşilib, soylar va daryolarda suv toşqinlari xavfini oşiradi.

Şu bois nafaqat Özbekistonda, balki qöşni Tojikiston va Qirğizistonda ham mas’ul idoralar daryo özanlarini mustahkamlaş, qirğoqlarni tiklaş işlariga alohida e’tibor qaratişlari lozim. Mutaxassislarga köra, joriy mavsum ayniqsa Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Suv xöjaligi vazirligi uçun eng mas’uliyatli davrlardan biri böladi.