Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi DXX, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada “gashish” hamda kontrabanda yo‘li bilan kiritilgan “Regapen” dori vositalarini sotish bilan shug‘ullangan bir necha shaxs qo‘lga olindi.
Foto: Videodan kadr
Birinchi holatda, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli “Matiz” rusumli avtomashina tezkor tadbir doirasida tegishli tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.
Tekshiruv vaqtida avtomashina salonida 866 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Tergovga qadar harakatlar jarayonida gumonlanuvchi ushbu giyohvandlik moddasini kelgusida sotib, naqd pul topish va boylik orttirishni maqsad qilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 orqali 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Boshqa holatda, Farg‘ona va Andijon shaharlarida yashovchi fuqarolarga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar haqida tezkor ma’lumotlar olingan. Shu asosda DXX, IIV va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Farg‘ona shahrida ularni qo‘lga olish bo‘yicha tadbir o‘tkazilgan.
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 2 nafar narkosavdogar Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 4 508 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini xaridorga 12 800 AQSh dollariga sotish paytida ushlangan.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28 orqali 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) va 251¹-moddasi 5-qismi (kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutasaddi organlar ta’kidlashicha, giyohvandlik vositalari va ularga yaqin kuchli dori vositalarining noqonuniy aylanmasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, eng avvalo yoshlar salomatligi va kelajagiga jiddiy xavf soladi. Ushbu illatga qarshi kurashish esa har bir fuqaroning burchi ekani eslatib o‘tilmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 18.03.2026
1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi
08:03 / 13.02.2026
Hududlarda giyohvandlikka qarshi tezkor tadbirlarda yirik partiyalar fosh etildi
08:28 / 12.02.2026
Farg‘onada 34 kishidan iborat “koll-markaz” niqobidagi uyushgan jinoiy guruh fosh etildi
08:48 / 06.02.2026