Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qömitasi hamda Içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon viloyati, Toşkent şahri, Namangan viloyati va Sirdaryo viloyatida giyohvandlik va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari noqonuniy muomalasiga oid bir qator holatlar aniqlandi. Jami qariyb 6 kg mefedron, 350 gr klofedron, 1 kgdan ortiq geroin, şuningdek 2516 dona “Regapen” dorisi musodara qilindi.

1-holat (Andijon viloyati):
Xöjaobod tumani hududida harakatlanayotgan BYD rusumli avtomaşina töxtatilib, közdan keçirildi. Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxsga tegişli transport vositasining salon qismida 6 dona polietilen öramda jami 5 kg 946 gr “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Ma’lum bölişiça, u uşbu moddani “zakladka” tarzida qoldirilgan joydan olib, Toşkent şahriga olib ketayotgan bölgan.

2-holat (Toşkent şahri):
Poytaxtda ötkazilgan tadbirda xorijdan kur’yerlik jönatma orqali qandolat mahsulotlari orasiga yaşirilgan 350 gr “klofedron” sintetik narkotik moddasini qabul qilib olgan vaqtida Çilonzor tumanida yaşovçi, 2006 yilda tuğilgan şaxs uşlandi. Tadbir davom ettirilib, uning şerigi — Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan şaxs ham qölga olindi. Aniqlanişiça, mazkur fuqaro yaşaş xonadonida narkolaboratoriya taşkil qilgan bölib, u yerdan taxminiy oğirligi 5,3 kg bölgan sintetik moddalar, gaşiş va marixuana moylariga öxşaş moddalar, elektron tarozilar, kolba idişlar, uyali aloqa vositalari hamda laboratoriya jihozlari aşyoviy dalil sifatida olindi.

3-holat (Namangan viloyati böyiça tadbir):
DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi hamda Içki işlar va Bojxona organlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda Farğona viloyati Buvayda tumanida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs 1 kg 23 gr “geroin” moddasini şartli xaridorga 18 500 AQŞ dollariga sotgan vaqtida uşlandi. Tergov ma’lumotlariga köra, giyohvand modda Qirğizistondan Andijon viloyatiga noqonuniy olib ötilgan.

4-holat (Sirdaryo viloyati):
Sayxunobod tumanidagi “Sayxun” YPX maskanida “Kobalt” rusumli avtomaşina töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirildi. Surxondaryo viloyati Denov tumanida yaşovçi, 1993, 1996 va 1997 yillarda tuğilgan 3 nafar şaxs harakatlanayotgan uşbu avtomaşinaning eşik qismidagi xufiyona joyda 2516 dona “Regapen” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari yaşirilgani aniqlandi. Ma’lum bölişiça, ular mazkur dori vositalarini Qöqon şahrida “zakladka” tarzida qoldirilgan joydan olişgan.