Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 1979 va 1983 yillarda tuğilgan aka-ukalarning yaşaş xonadonlari belgilangan tartibda közdan keçirildi. Natijada gugurt qutilari hamda sintetik qoplarga joylangan, jami oğirligi 21 kg 712 g bölgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi. Hozirda ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi.
Şu bilan birga, xizmat xodimlari tomonidan olib borilgan boşqa bir tezkor-qidiruv tadbiri doirasida Toşkent viloyatining Bekobod şahrida yaşovçi, 1976 yilda tuğilgan, muqaddam bir neça marotaba sudlangan şaxs xorijda işlab çiqarilgan va tarkibida “sibutramin” kuçli ta’sir qiluvçi moddasi bölgan kofe hamda boşqa mahsulotlarni sotiş bilan şuğullanib kelgani aniqlandi. “Örikzor” bozorida joylaşgan uning dökoni közdan keçirilganda jami 28 984 dona 30 Slimming, MAX Slimming, Keto Coffee nomli mahsulotlar sotiş maqsadida saqlab kelinayotgani ma’lum böldi. Uşbu şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yana bir holatda esa Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi TIR-park hududida turgan, xorijiy davlat fuqarosi boşqaruvidagi yuk avtomaşinasi salonidan “gaşiş” giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda çet el fuqarosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

















