Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda sendvich panellar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonning Malayziyadagi diplomatik vakolatxonasi vakillari Kuala-Lumpur anjumanlar markazida tashkil etilgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi Mashinasozlik, energetika va muhandislik ko‘rgazmasida (ASEAN M&E Show) ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Forum qayta tiklanuvchi va sof energetika sohasida qo‘llanuvchi asbob-uskunalar, isitish va sovitish tizimidagi so‘nggi texnologiyalar, sanoat korxonalarini avtomatlashtirish bo‘yicha raqamli yechimlar ko‘rgazmasi bo‘lib, 2010 yildan beri har yili Malayziya poytaxtida o‘tkazib kelinadi.
Ko‘rgazmada ishtirok etgan Malayziyaning sovitish tizimlari va chillerlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Acson International, sanoat va tijorat binolari uchun filtrlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MayAir kompaniyasi, poliuretan va poliizosianurat asosida sendvich panellar ishlab chiqaruvchi CS Panel kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda o‘zlari faoliyat yuritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirdi.
Mavzuga oid
14:29 / 27.12.2025
Malayziya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:08 / 03.12.2025
Malayziya MH370 reysi yo‘qolganidan 10 yil o‘tib, uni qidiruv ishlarini yana davom ettiradi
21:27 / 01.12.2025