Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Toshkent–Kuala-Lumpur yo‘nalishida aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari uchun Malayziyaga 30 kungacha vizasiz kirish rejimi amal qiladi.
Malayziya migratsiya talablariga muvofiq, safar qiluvchilardan quyidagilar so‘ralishi mumkin:
- xorijga chiqish pasporti amal qilish muddati kamida 6 oy bo‘lishi;
- 30 kun ichida qaytish yoki uchinchi davlatga uchish chiptasi mavjudligi;
- Malayziyada qolish uchun yetarli mablag‘;
- (elchixona tavsiyasiga ko‘ra) mehmonxona/yotoqxona band qilinganini tasdiqlovchi hujjatlar va safar maqsadi haqida qisqacha ma’lumot (ayniqsa ingliz tilida muloqot qiyin bo‘lsa).
Shuningdek, 2024 yildan boshlab Malayziyaga keluvchi xorijiy fuqarolar Malaysia Digital Arrival Card (MDAC)ni odatda kelishdan 3 kun oldin onlayn to‘ldirishi talab etiladi.
Elchixona qayd etishicha, yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda, Malayziya chegara nazorati organlari kirishni rad etish huquqiga ega.
Aloqa uchun (elchixona):
tel.: +603-4253-3406, +603-4253-2406;
veb-sayt: https://uzbekembassy.com.my/;
Facebook: https://www.facebook.com/uzembassymalaysia;
Instagram: https://www.instagram.com/uzembassymalaysia/.







