Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi
O‘zbekistonda endilikda kambag‘al oilaning farzandiga qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti davomida ma’lum qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi. Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi. Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi.
Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi. Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi top-oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Prezident buni O‘zbekiston uchun tarixda kuzatilmagan voqelik deb atadi. Xorijda o‘qib qaytgan o‘zbekistonlik talabalar vatanda muvaffaqiyatli karera qilishiga yordam beriladi.
Mavzuga oid
14:52 / 09.11.2025
“Bir yillik qattiq harakat 100 000 dollar investitsiya olib keladi” – AQShdagi o‘zbek grant yutish haqida
15:25 / 24.09.2025
Korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi NNT loyihalariga grant ajratiladi
07:31 / 17.09.2025
Saudiya o‘zbekistonlik talabalar uchun grantlar ajratishi mumkin
12:37 / 28.08.2025