Prezidentning «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining iştirokini yanada kengaytiriş va ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Ustuvor vazifalar:
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş faoliyatida ilmiy taşkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oşiriş;
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş çoralarining samaradorligi va natijadorligini har bir soha va hudud kesimida tahlil qiliş tizimini joriy etiş;
- korrupsiyaga qarşi kuraşişga yetakçi mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarini keng jalb etiş;
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari böyiça kompleks sotsiologik, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tizimli asosda, şu jumladan milliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda olib boriş;
- ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etiş.
Hujjatda quyidagi çoralar amalga oşirilişi belgilab qöyildi:
- NNTni BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi qoidalarining bajarilişini monitoring qilişga jalb etiş va ular tomonidan muqobil baholaş tizimini joriy etiş;
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi NNT loyihalariga yiliga 10 mlrd söm miqdorida grantlar ajratiş va ijtimoiy buyurtmalar beriş;
- maişiy korrupsiyaga hissa qöşuvçi omillar böyiça ijtimoiy sörovlar ötkaziş.
NNTning milliy assotsiatsiyasi, "Yuksaliş" harakati va "Ijtimoiy fikr" respublika markazining muassisligida "Korrupsiyaga qarşi kuraşiş muammolari böyiça mintaqaviy tadqiqot markazi" NNT taşkil etiladi, u davlat va jamiyat hayotining barça sohalarida halollik standartlarini joriy etiş, davlat organlari va boşqa taşkilotlarga ilmiy-uslubiy kömak körsatiş bilan şuğullanadi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining iştirokini yanada kengaytiriş va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş muammolari böyiça mintaqaviy tadqiqot markazining faoliyatini samarali taşkil etiş böyiça "yöl xaritasi" tasdiqlandi.













