Sport | 12:18 / 09.02.2017
8146
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan biatlon bo‘yicha jahon chempionati mezbonligi tortib olindi

Foto: Getty Images

Rossiyaning Tyumen shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan biatlon bo‘yicha jahon chempionati boshqa mamlakatga ko‘chiriladigan bo‘ldi. Bu haqda Norvegiya biatlonchilar ittifoqi raisi Erlend Shlokvik NRK telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Mazkur qaror, Xalqaro biatlonchilar Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida e'lon qilingan. Shuningdek IBU Butunjahon antidoping agentligiga (WADA) doping bo‘yicha qarorni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha rasmiy xat yuborgan.

IBU WADAga yo‘llagan maktubida taqiqlangan modda iste'mol qilgan sportchilarga nisbatan jazo muddatini sakkiz yilgacha uzaytirish, jarima miqdorini oshirish, sportchi ishtirok etadigan mamlakat uchun Jahon kubogi, Olimpida va Jahon chempionatidagi  ishtirokchilari sonini qisqartirish bo‘yicha taklifni o‘rtaga tashlagan.

Tayyorlagan:  Azamat Murodov

Mavzuga oid