Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zmetkombinat» va «O‘zikkilamchiranglimetall»ning metall parchalarini tayyorlash bo‘yicha mutlaq huquqi bekor qilinadi
Raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar, individual soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalar bekor qilinadi.
Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar, individual soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni bekor qilish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi alohida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga beriladigan mutlaq huquqlar, individual soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
“O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJning qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini tayyorlash (sotib olish) bo‘yicha monopsoniyasi (mutlaq sotib oluvchining huquqi) bekor qilinadi.
Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga bozor tamoyillariga muvofiq takomillashtirilgan qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini tayyorlash (sotib olish) tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda kiritadi:
“O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ tarkibidan ixtisoslashtirilgan qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini qabul qilish punktlarni zarur transport va maxsus texnika, asbob-uskuna, bino, inshoot va infratuzilmalar bilan ajratish yo‘li bilan qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish bo‘yicha mustaqil korxona tashkil etish;
yangi tashkil etilgan korxona tomonidan qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini faqat birja savdolarida barcha metalldan ishlangan buyumlarni ishlab chiqaruvchilarning xomashyolarga teng kirishi ta'minlagan holda sotilishi;
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun ishlab chiqarish faoliyati natijasida hosil bo‘lgan qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini o‘z quvvatlari bilan yoki tegishli qora va rangli metallarni ishlab chiqaradigan ixtisoslashgan korxonalarda mahsulotni qaytarish asosida qayta ishlashga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlash.
Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtiradi.
Mavzuga oid
07:53 / 14.08.2025
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
19:00 / 10.06.2025
“O‘zmetkombinat” CDP xalqaro baholash tizimida ikki pog‘ona yuqorilab, “B” darajasiga erishdi
10:07 / 03.03.2025
Bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi
13:04 / 23.10.2024