«Eng yaxshi maktab – uyingizga eng yaqin maktab» – Angry Birds asoschisi Finlandiya ta'limining ustunliklarini sanadi
«Agar finlandiyalik odamlardan qaysi maktab eng yaxshisi deb so‘ralsa, ular «Eng yaxshi maktab – uyingizga eng yaqin maktab», deb javob berishadi. Buning uchun bizda har bir maktabda yaxshi o‘qituvchilari bo‘lishiga kompleks yondashiladi», dedi Angry Birds o‘yinlari muallifi Piter Vesterbaka o‘zbekistonlik ta'lim mutaxassislari bilan onlayn uchrashuvda.
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan mutasaddi vazirliklar bilan hamkorlikda Finlandiya tajribasini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan Finlandiyaning «Rovio» kompaniyasi direktori, Angry Birds o‘yinlari muallifi Piter Vesterbaka fin ta'lim tizimi muvaffaqiyati haqida fikrlarini bildirdi.
«O‘tgan yili fevral oyida O‘zbekistonga borgan vaqtimda mendan «Finlandiyaning eng muhim resursi nima?», deb so‘rashganda «Bizning eng muhim va asosiy resursimiz 5,5 million aholimiz», deb javob berganman. Har bir mamlakatda shunday bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Finlandiyada tabiiy resurslar juda kam. Bizning ozgina o‘rmonimiz bor, xolos.
Ta'lim masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, faqatgina ma'lum toifadagilarga emas, barchaga yuqori sifatli ta'lim xizmatlarini taqdim etishimiz juda muhim. Bunga Finlandiya va umuman Skandinaviya davlatlari yaxshi misol», dedi Piter Vesterbaka.
Angry Birds o‘yinlari muallifining ta'kidlashicha, ta'lim mamlakatning rivojlanishi va aholi farovonligi uchun asosiy omil hisoblanadi: «Xorijiy davlatlarga safarlarimda ko‘pincha «Finlandiyada eng yaxshi maktab qaysi deb?», so‘rashadi. Finlarga bu savolni bersangiz, ular «Eng yaxshi maktab – uyingizga eng yaqin maktab», deb javob berishadi. Axir bizda har bir maktabning yaxshi o‘qituvchilari bo‘lishiga kompleks yondashiladi.
Men buni juda muhim fakt deb hisoblayman. Finlandiya ta'lim tizimi muvaffaqiyati sabablaridan biri ham shu bo‘lsa kerak. So‘nggi 3 yilda aynan Finlandiya turli so‘rovnomalarga ko‘ra dunyodagi eng baxtli mamlakat sifatida reytingda yetakchi o‘rinlarni egallab kelayotgani ham bejiz emas. Aynan ta'lim baxtli hayot uchun poydevor vazifasini bajaradi», dedi Angry Birds strategik o‘yini asoschisi onlayn uchrashuvda.
Piter Vesterbaka boshqa davlatlar tajribasini o‘rganish muhim ekanini, bolalar maktablarda kelajak kasblarini egallashga tayyor bo‘lib ulg‘ayishiga ham urg‘u berdi.
«Dastlab 2000 yilda PISA tadqiqotlarida eng yaxshi natija ko‘rsatganimiz biz uchun kutilmagan hodisa bo‘lgan. Shundan so‘ng biz ushbu reytingda yuqori o‘rin olgan boshqa davlatlar tajribalarini o‘rgandik. Shu jumladan, tadqiqotda yuqori natija ko‘rsatgan Osiyo davlatlari maktablari bilan maktablarimizni solishtirganda, ularda boshqacha yondashuvlar mavjudligini, Singapur va Koreyada bolalar ertalab vaqtli maktabga ketib kech qaytishini ko‘rdik. Bizda bolalar maktabda unchalik ko‘p vaqt o‘tkazishmaydi. Ularning o‘ynashga yoki boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga ham vaqtlari yetarli. Ta'limga kam vaqt sarflab yuqori natija olish juda muhim.
Ishlab chiqarish yoki innovatsion yo‘nalishda ishlaymizmi dunyo har qachongidan ko‘ra tez o‘zgarib borayotganini yaxshi tushunamiz. Biz ertaga qanday ish o‘rinlari bo‘lishini, nimalar kerak bo‘lishini bilmaymiz. Lekin bir narsani aniq bilamiz: yoshlarimizni kelgusida har qanday masalani yechishga, ularga taklif qilinadigan barcha imkoniyatlardan foydalanishga tayyor qilib tayyorlashimiz, o‘qitishimiz lozim», deb Piter Vesterbakaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zbekistonlik mutaxassislarning fin ta'lim tizimi tajribalarini o‘rganishga kirishgani ijobiy holat deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
12:11 / 03.01.2025
Fingrid fin operatori Eagle S neft tankerini musodara qilishni so‘radi
15:44 / 31.12.2024
Traficom fin agentligi Eagle S tankerini tekshirmoqchi
20:30 / 28.12.2024
Helsinkida kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi
16:39 / 28.12.2024