Dunyo böylab 2 milliarddan ziyod nusxada sotilgan maşhur Angry Birds (Jahldor quşlar) öyini muallifi Piter Vesterbak 26 fevral kuni Toşkentdagi Inha universitetida yoşlar uçun mahorat darsi ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Piter Vesterbak öyinlar işlab çiqaruvçi Rovio kompaniyasining (Finlyandiya) marketing böyiça direktori, Angry Birds öyini mualliflaridan biri hisoblanadi. Bundan taşqari, u HP Mobile E-services Bazaar asosçisi; Mobile Monday, Edunation, Fun Academy, Lightneer, FinEst Bay Area va Slush kompaniyalarining hammuassisi hamdir.
Vesterbak TIME jurnali e'tirofiga köra, 2011 yilda «Sayyoraning eng obröli 100 odami» reytingiga kiritilgan, 2015 yilda şu reytingning eng yuqori öntaligidan joy olgan. U 2018 yilda Şanxayning Tunszi universitetida innovatsiyalar va tadbirkorlik böyiça professor unvonini olgan.
Yoşlar bilan uçraşuv çoğida Vesterbak öz sohasida erişgan tajribalari bilan bölişdi.

«Agar siz bir sohada juda katta muvaffaqiyatga erişsangiz, bu borada hamma narsani bilaman, degan tuşunça paydo böla boşlaydi. Mana şu nuqtada töxtab qoliş kerak emas, ilgariga harakat qilişda davom etiş kerak», deydi u.
Mutaxassis olamşumul yangilik yaratiş aksariyat öylaganidek imkonsiz narsa emasligini ta'kidladi.
«Imkonsiz narsaning özi yöq, faqatgina öqiş, örganiş kerak. Şunda barça imkoniyatlar paydo böladi.
Rovio 2003 yilda taşkil etilgan bölsa, 2008 yilgaça 51ta öyin işlab çiqardi. Dunyoga maşhur bölgan Angry Birds 52-öyin sifatida 2009 yilda yaratildi. Bu öyin haqida ham qaçondir heç kim öylamagan. Lekin u paydo böldi va hammaga manzur keldi. Siz ham kelajakda bugun heç kim xayoliga keltirmagan narsani yaratib, muvaffaqiyatga erişişingiz mumkin. Faqatgina öz imkoniyatingizga şubha bilan qaramang», deydi Vesterbak.
Angry Birds muallifi öz tajribasidan kelib çiqib, muvaffaqiyat kalitlari haqida gapirib berdi.

«Mening kiçik qoidalarimdan biri: şunçaki öylama, çuqur öyla (Don’t think, do think).
Bu – şunçaki mexanik öylaşdan köra yuqoriroq holat. Masalaning çuqur mohiyatiga kirib tahlil qiliş kerak. Şunda özingiz izlayotgan uçqunni topa olasiz.










