RF prezidenti Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan migrantlarning farzandlarini Rossiya maktablariga qabul qilişni taqiqlaş töğrisidagi qonunni imzoladi. Bu boradagi hujjat normativ-huquqiy hujjatlar saytiga joylaştirilgan.
Qonun mualliflari — Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin, vitse-spiker Irina Yarovaya, Dumaning asosiy qömitalari hamda Davlat Dumasi fraksiyalari rahbarlari.
Qonunga muvofiq, boşlanğiç umumiy, asosiy umumiy va örta umumiy ta’lim dasturlarini özlaştiriş uçun yetarli bölgan rus tilini biliş böyiça test sinovlaridan ötmagan migrantlarning farzandlariga uşbu ta’lim dasturlarini özlaştirişga ruxsat etilmaydi.
Qonun bilan, şuningdek, Rossiyada hududida noqonuniy ravişda yurgan migrantlarning farzandlarini ham maktabga qabul qiliş taqiqlandi.
Ta’kidlanişiça, Rosobrnadzor test sinovlarini ötkazilişini metodik jihatdan qöllab-quvvatlaydi, uni amalga oşiriş uçun diagnostika materiallarini işlab çiqişni taşkil qiladi, rus tilini bilişni baholaş mezonlari, şuningdek, bunday testdan muvaffaqiyatli ötganini tasdiqlovçi minimal ballarni belgilaydi.
Avvalroq Davlat Dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin joriy öquv yili boşida migrant bolalarning 41 foizi rus tilini bilişda qiynalayotganini aytgan edi. Uning fikriça, sifatli ta’lim oliş va maktab öquv dasturini özlaştiriş uçun «rus tilini biliş kerak».
«Aks holda, tilni bilmagan bola uçun örganiş va ijtimoiy moslaşiş jarayonlari nihoyatda qiyinlaşadi, sinfdoşlari va öqituvçilari bilan muammolar paydo böladi. <…> Mamlakatimizga kelganlar rus tilini bilişi, rus madaniyati va tarixini hurmat qilişi, Rossiya qonunlariga qat’iy rioya qilişi şart», degandi u.











